2024-yilda chigitni ommaviy ekishning boshlanishi bo‘yicha tavsiyalar.

Chigitni ommaviy ekishni boshlash uchun agrometeorologik ko‘rsatkichlar quyidagilar bilan belgilanadi:
– o‘rtacha kunlik havo harorati doimiy ravishda 12-13 gradusdan o‘tganda;
– tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi o‘rtacha harorati tukli chigitlar uchun 11-13 gradus, tuksiz chigitlar uchun 14-15 gradus bo‘lganda;
– ekish chuqurligidagi (0-5 sm tuproq qatlamidagi) unumdor namlik zaxiralari 5 mm va undan ko‘p bo‘lganda.
1-14-mart kunigacha havo harorati o‘rtacha respublikaning chigit ekiladigan hududlarining katta qismida 4-9 gradusni, Qoraqalpog‘istonda 2 gradusni tashkil etdi.
Chigit ekish uchun mo‘ljallangan dalalarda 8-martda unumdor namlikning zaxirasi 0-5 sm tuproq qatlamida respublikani paxta ekiladigan hududlarida 6-13 mm ni tashkil etdi.
Tez-tez yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) past haroratli fon tuproqning sezilarli isishiga yordam bermadi.
Aprel oyida kutilayotgan ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda, quyidagi muddatlarda chigitni ochiq maydonga ommaviy ravishda ekishni boshlash tavsiya etiladi:
– Surxondaryo viloyatida – 24-29-mart;
– Qashqadaryo viloyatida – 28-30-mart;
– Buxoro, Navoiy viloyatlarida – 31-mart – 1-aprel;
– Andijon viloyatida – 1-2-aprel;
– Farg‘ona, Namangan viloyatlarida – 2-3-aprel;
– Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida – 4-6-aprel;
– Samarqand viloyatida – 5-7-aprel;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6-8-aprel, janubiy tumanlarida – 4-6 aprel;
– Xorazm viloyatida – 5-7 aprel.
Izoh: Ushbu muddatlar yilning ob-havo sharoitining kelishiga qarab biroz farqlanishi va 5-10 kun erta yoki kech o‘tkazilishi mumkin.

Loading

//