Jizzax viloyatida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Kuni kecha Jizzax viloyatining Arnasoy hamda Mirzacho’l tumanlarida “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov, Arnasoy tumani hokimi, hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman agroinspeksiya rahbari hamda 34 dan ortiq fermer xo‘jaliklarning rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevraldagi PQ–78-son qarori bilan qishloq xo‘jaligi korxonalariga, ayniqsa fermer xo‘jaliklariga texnika xaridida yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, joriy yilda mazkur tumanlarga yetkazib beriladigan texnikalar hajmi, tuzilayotgan shartnomalar va avans mablag‘larining shakllantirilishi hamda paxta terimini mexanizatsiyalashning afzalliklari yuzasidan muhokamalar bo’lib o’tdi.
Shuningdek, fermerlar tomonidan tumanda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olishda texnika yetishmovchiligi muammosi ham ko‘tarildi. Ayniqsa, shtangel purkagichlar, mineral o‘g‘it sepkichlar, bog‘dorchilik traktorlari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari yetishmasligi aytib o‘tildi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi tomonidan uchrashuv qatnashchilariga  mahalliy texnikalarga ajratiladigan subsidiya va boshqa imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, texnikalarga shartnomalar tuzish, hududiy filialga talab etiladigan zaruriy hujjatlar to‘plamlari taqdim etish, avans mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Loading

//