Joriy yilning birinchi choragida 260,8 mlrd. soʻmlik texnika lizingga yetkazib berildi.

Joriy yilning birinchi choragida 2 216 dona, umumiy qiymati 260,8 mlrd. soʻmlik texnika lizingga yetkazib berildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
“Oʻzagrolizing” AJga joriy yilda lizing oluvchilarga 10 500 dona yoki oʻtgan yilga nisbatan qariyb 7 barobar koʻp texnikalar yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.
Joriy yilning fevral oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzagrolizing” AJ oʻrtasida uch tomonlama qayta kreditlash bitimi imzolandi va 30 mln. dollarlik Jahon banki kredit liniyasi ochildi.
Bugungi kun holatiga ushbu kredit liniyasi hisobidan dastlabki 282 dona yuqori unumli texnikalarni moliyalashtirishga ruxsat berilib, 210 mlrd soʻmlik mablagʻlar texnika ishlab chiqaruvchilarga toʻlab berildi.
Hozirgi kunda respublikamizda ishlab chiqarilgan va zarur sertifikatga ega boʻlgan har qanday qishloq xoʻjaligi texnikasini 10 yil muddatgacha, lizing marjasi 19 foizdan oshmagan holda lizing asosida yetkazib beriladi.

Loading

//