Navbatdagi texnikalar Zomin tumaniga yetib bordi.

Kuni kecha Jizzax viloyatining Zomin tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo’yicha amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat hokimliklari, sektor rahbarlari, mahalla raislari hamda oqsollari, shuningdek, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov ishtirok etdi.
Tashkil etilgan seminardan ko’zlangan asosiy maqsad – dehqon xo‘jaliklari va tomorqa maydonlaridan oqilona foydalanishdan iborat.
E’tiborlisi shundaki, tadbir davomida tumandagi mahallalarga “O’zagrolizing” AJ tomonidan 50 dona motokultivatorlar homiylik tariqasida tomorqa egalariga taqdim qilindi va Zomin tumanidagi bog’dorchilik fermer xõjaliklariga 20 ta mini traktorlar va agregatlar lizing asosida yetkazib berildi.

Loading

//