Joriy yilning 1-may holatiga jami 3 735 dona texnika yetkazib berildi.
Joriy yilning 1-may holatiga yil boshidan jami 3 735 dona texnika egalariga yetkazib berildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda () “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
-
Shundan 3 403 dona texnika lizing shartnomalari asosida realizatsiya qilindi (oʻtgan yilning shu davrida 858 dona texnika lizing asosida yetkazib berilgan).
-
Yanvar-aprel oylarida hududlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar bilan ishlab, jami 8 914 dona qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha shartnomalar imzolandi, shundan 4 234 tasi boʻyicha boʻnak toʻlovlari shakllantirildi (108 foiz).
-
Hozirgi kunda respublikamizda ishlab chiqarilgan va zarur sertifikatga ega boʻlgan har qanday qishloq xoʻjaligi texnikasini 10-yilgacha muddatga, lizing marjasi 19 foizdan oshmagan holda lizing asosida yetkazib berish imkoniyati mavjud.
Batafsil