Buxoro: g’alla o‘rish kombaynlari mavsumga tayyor.

”O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida o‘tkazilishi, texnikalarni mavsumga tayyorlash, ayniqsa g’alla o‘rish kombaynlarining mavsumga tayyorgarligi ustidan kunlik nazorat olib borilmoqda.
Kuni kecha “O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov hamda Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari Amrillo Nazarov, viloyatning Romitan tumanidagi “BST Agrokompleks klaster” MChJ binosida yig’ilgan g’alla o’rish kombaynlarini ko’zdan kechirdi.
Bundan tashqari, Jondor tumani Yakkatut g’allachilik, urug’chilik, sholichilik klasteriga tegishli g’alla kombaynlari ham mavsumga tayyorligi ko’rib chiqildi.
Umuman olganda, viloyatda joriy 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, hosilni o’z vaqtida yig’ib olish ishlarini tizimli tashkil etish hamda hosildorlikni keskin oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib, kunlik monitoring ishlari olib borilmoqda va fermer xo‘jaliklariga amaliy yordamlar berib borilmoqda.

Loading

//