“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2024-yil 12-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2024-yil 12-iyun kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
 Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2023-yil moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
  4. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2023-yildagi faoliyati boʻyicha kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2023-yil faoliyati natijalari boʻyicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2023-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2023-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni toʻlash shakli, muddati va tartibini belgilash.
  8. Jamiyat aksiyadorlari tomonidan belgilangan daʼvo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
  9. Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir yil muddatga uzaytirish.
  10. Jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
  11. Jamiyatning 2024-yil moliyaviy-hoʻjalik faoliyatining yakunlari boʻyicha majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash hamda uning xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash.
  12. Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar boʻyicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.
  13. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish.
  14. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavi yangi tahririni tasdiqlash.
  15. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining kamaytirilishi munosabati bilan 2023-yil 10-iyul kuni R0145-14-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisida”gi Qaroriga oʻzgartirish kiritish hamda “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisida”gi Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar”ni tasdiqlash.
 Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar: 
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 15-may;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 6-iyun.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati. 
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47
Oʻzagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi

Loading

//