Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish: yangi nazariya, uslub va yo‘nalish.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida poytaxtimizda “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqot innovatsiyalari alyansi” 9-yillik konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
9-11-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur anjumanda 13 ta xorijiy davlatlarning 51 ta oliy ta’lim muassasalarining 120 dan ortiq xorijiy vakillari hamda 80 dan ortiq mahalliy vakillar ishtirok etmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ta’limi va fani sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan mazkur forumda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiga javoblarni yanada kuchaytirish, Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning hamkorlikda rivojlanishiga ko‘maklashish uchun asosiy e’tibor “Ipak yo‘lida qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli rivojlantirish uchun texnologik ta’minot” mavzusiga qaratildi.
Konfrensiya doirasida, O‘zbekistonning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoy, Qozog‘izton va Pokistonning qishloq xo‘jaligi institutlari o‘rtasida 7 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Albatta, bu kabi kelishuvlar hamda memorandumning imzolanishi hamkorlarning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
Zero, Ipak yo‘lining qishloq xo‘jaligi ta’limi va fani sohasidagi innovatsion hamkorlik Alyansining navbatdagi yillik yig‘ilishi ham yurtimizda tashkil etilgani buning ayni dalili.