Korrupsiyaviy holatlar boʻyicha koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Marketing va sotishni tashkil etish boshqarmasida bugun manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va tartibga solish hamda korrupsiyaviy holatlar boʻyicha koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bogʻliq huquqiy mexanizmlar takomillashtirilib, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni huquqni qoʻllash amaliyotida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Jamiyatda tashkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi.
Tadbirda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparati Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va maxsus bo’lim bosh mutaxassisi tomonidan ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashga doir choralar haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, muloqotda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek taʼminlanishiga barcha birdek masʼul ekanligi taʼkidlanib, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, hududlarda sodir etilgan korrupsion holatlarni hududiy kengashlar yigʻilishlarida muntazam muhokama qilib borish, reyting natijalarini yaxshilash boʻyicha masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlari tushuntirilib, ogohlantirildi.

Loading

//