Surxondaryo: Sherobodda ilk paxta ochildi.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani E.Berdiyev hududida joylashgan “Tilla karta” fermer xo‘jaligi dalasida bu yilgi mavsumdagi ilk paxta ochildi.
Fermer xo‘jaligining jami yer maydoni 39,9 gektar bo‘lib, shundan 18 gektariga erta bahorda “Jondor qudrat” navli chigit qadalgan edi.
O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar, tomchilatib sug‘orish natijasida 11 gektar dala maydonida mavsumning ilk paxtasi ochildi.
Kezi kelganda aytib o‘tish kerak, fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yoshlarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ayni paytda takroriy ekinlar parvarishlanmoqda.
Manba: @uzagroministry

Loading

//