Ko’rgazmali seminar: Paxtachilik yo’nalishidagi yangi istiqbollar.

Hozirgi kunda paxtadan unumli va sifatli hosil olish, g‘o‘zani defoliatsiya qilishda mexanizatsiyalash usulini qo’llash hamda paxta terimida qo’l mehnatini kamaytirish muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “QODIR TEXTILE CLUSTER” MCHJ MTP hududida Andijon viloyat hokimligi va “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda paxta yig‘im terimini mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha Xitoyning BOSHIRAN, Turkiyaning CANSA kompaniyalari mutasaddilari bilan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 3 mingdan ortiq paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda paxta maydonlarida bugungi kundagi dolzarb masalalar, terim mavsumi davomida ishlatiladigan texnika va agregatlarning sozligiga alohida eʼtibor berish kerakligi haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, paxtachilik yo‘nalishida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali ish kuchi tejalib, sifat va yuqori hosildorlikka erishishni ko’zlagan holda yangi texnikalarni amaliyotda sinab ko’rish vazifalari ham maqsad qilib qo’yildi.

Loading

//