“Andijon MTRK” telekanalida maxsus reportaj efirga uzatildi.
Bugungi kunda, yurtimizda paxta yetishtirish, uni parvarishlash, sifatli hosil olish va turli navlarni tajribadan o‘tkazish borasida keng ko‘lamli, natijaga yo‘nalgan agro-loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yil ham keng dalalarda xuddi shu yo‘sinda tizimli, hamkorlikka asoslangan g‘o‘zani yetishtirish hamda uni terib olish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan Andijon viloyatining Bo’ston tumanidagi “Abduraxmon ota” fermer xo’jaligida ham “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining viloyat filiali tomonidan yetkazilgan texnikalar bilan paxta yig’im terim ishlari boshlandi.
Shuningdek, ushbu dala maydonida fermerlar uchun amaliy seminar ham tashkil etilib, yetkazilgan yangi texnikalar bilan paxtakorlar yaqindan tanishishdi.
Batafsil “Andijon MTRK” telekanalida efirga uzatilgan maxsus reportaj orqali tanishing.