Yangi texnologiyalar – hosildorlik garovi!
Qashqadaryo viloyatining Nishon hamda Kasbi tumanlarida o’tkazilgan amaliy seminar fermerlar uchun juda muhim jarayon bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi tadbirda, Xitoydan olib kelingan yangi Boshiran rusumli paxta terish mashinalari paxtakorlarga tanishtirilib, texnikalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar davomida Xitoylik mutaxassislar yangi texnikaning afzalliklari va uni qanday qilib samarali ishlatish bo’yicha maslahatlar berishdi. Bu interaktiv muloqot fermerlar uchun yangi texnologiyalarni yanada chuqurroq tushunish hamda foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Ta’kidlash kerakki, uskunalar paxta terimini tezlashtirish va hosildorlikni oshirishda fermerlar uchun katta yordam beradi.