2024-yilning 9 oyi davomida 6747 dona turli rusumdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva joriy yil 9 oyidagi natijalari va yetkazilgan texnikalar tahlili yuzasidan maʼlumot berdi:
Bu yilgi paxta yigʻim-terim mavsumida Respublikamizning barcha hududlaridagi paxta dalalarida “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida yetkazilgan Xitoyning “Boshiran” rusumli 4 qatorli paxta terish mashinalaridan keng foydalanilmoqda.
Zamonaviy paxta terish mashinalarining unumdorligi yuqori boʻlib, har biri yordamida kuniga 40-50 tonnagacha paxta terib olish mumkin. Eng asosiysi, paxta terish mashinalari hosilni sifatli va yoʻqotishlarsiz yigʻishtirib olish imkonini beryapti.
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga umumiy qiymati 1 853 mlrd. 109 mln. soʻmlik qishloq xoʻjaligi texnikalar yetkazib berildi.