Yashil makon – sogʻlom havo, musaffo obi hayot va koʻrkam manzara uygʻunligidir!
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Namangan va Jizzax viloyat filiali tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 300 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi.
Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismidir.
Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, cho‘llanish va qurg‘oqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir.