Agrar sohadagi yangiliklar va innovatsiyalar namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirmoqda.

Avval xabar berganimizdek, “O‘zekspomarkaz”da  “AgroTechMash Expo-2024” hamda “AgroExpo Uzbekistan-2024” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari bo’lib o’tmoqda.
Ko‘rgazmalarda Rossiya, Xitoy, Italiya, Germaniya, Gollandiya kabi ko‘plab davlatlar bilan birga mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda. 
Bu yilgi ko‘rgazmalar doirasida avvalgilaridan farqli ravishda bir qator panel sessiyalar va davra suhbatlari ham tashkil etilgan bo‘lib, ularda qishloq xo‘jaligi kooperativlarining ahamiyati, ularni tashkil etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek zamonaviy texnikalarni qo’llagan holda hosildorlik va natijadorlikni oshirish, chorvachilikda sifatli ozuqa ekinlarini yetishtirish kabi mavzular bo‘yicha taqdimotlar qilinib, o‘zaro fikr almashilmoqda.
Ko‘rgazma va uning doirasidagi tadbirlar 29-noyabrgacha davom etadi.

Loading

//