Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning huquqiy asosini tashkil etadigan, demokratik tamoyillarga asoslangan, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy qonunimizdir.
1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz 32 yil davomida mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini belgilashda, xalqimizning erkinligi va farovonligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda.
Unda yoritilgan huquqiy asoslar fuqarolarning erkinligini, xavfsizligini, manfaatlarini himoya qilish, davlat va jamiyatni adolat va taraqqiyot yo‘lida yuritishga qaratilgan.
Konstitutsiya, shubhasiz, xalqimizning yuksak qadriyatlarini ifodalovchi muhim hujjatdir. Shunday ekan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barchangizni bu tarixiy sana bilan muborakbod etadi.
Yurtimiz tinch va farovon, xalqimiz baxtli bo‘lsin!
“O’zagrolizing” AJ axborot xizmati