Hurmatli qishloq xo’jaligi fidoiylari!

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan sizni “Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni” bilan tabriklaymiz!
Sizning fidoyiligingiz, mehnatsevarligingiz va erishayotgan yutuqlaringiz tufayli qishloq xo’jaligi sohasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Har biringizning mehnatingiz, yurtimizni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va jamiyatni farovon qilish yo‘lida katta ahamiyatga ega.
Sizlar — yurtimizning haqiqiy qahramonlarisiz. Sizning har bir harakatingiz, ertangi kun uchun tinimsiz ishlashingiz mamlakatimizni yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi yana bir bor barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga chin dildan minnatdorchilik bildirgan holda, kelajakdagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar, baxt va sog‘lik tilab qoladi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
“O’zagrolizing” AJ axborot xizmati

Loading

//