2024-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi uchun jami 235,5 mln dollar oʻzlashtirildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagrolizing” AJ Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
Oʻtgan davr mobaynida jami 3,1 trln. soʻmlik 8 439 dona texnika lizing oluvchilarga topshirildi. Bundan:
⏺1 748 dona traktorlar;
⏺141 dona gʻalla oʻrish kombaynlari;
⏺436 dona paxta terish mashinalari;
⏺329 dona traktor tirkamalari;
⏺305 dona omochlar;
⏺1813 dona purkagichlar;
⏺1519 dona boronalar;
⏺358 dona kultivatorlar;
⏺391 dona ekish seyalkalari;
⏺1 399 dona boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing asosida respublika qishloq xoʻjaligiga yetkazib berildi.
2024-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi uchun jami 235,5 mln dollar oʻzlashtirildi:
✅74 mln dollar – Jahon banki mablagʻlari;
✅ 91,7 mln dollar – Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari;
✅ 64 mln dollar – Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi mablagʻlari;
✅ 5,8 mln dollar – Tijorat banki mablagʻlari.
Bunda, “Oʻzagrolizing” AJning qishloq xoʻjaligi sohasidagi loyihalarda ishtiroki va mablagʻlarni oʻzlashtirishdagi faolligi Xalqaro moliya institutlari tomonidan yuqori baholandi.
Batafsil videolavhada