Samarqandda “AGRO PRO EXPO-2025” xalqaro agrosanoat ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi
Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasida yetakchi tadbirkorlar, mutaxassislar hamda investorlarni birlashtiruvchi yirik xalqaro ko‘rgazma tez kunda barcha uchun o’z eshiklarini ochadi.
Joriy yilning 25-27-fevral kunlari Samarqandda agronomiya sohasidagi mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining 4-xalqaro koʻrgazmasi o‘tkaziladi.
“AGROPRO EXPO-2025” keng koʻlamli qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida
⏺qishloq xo’jaligi texnikalari va uskunalari;
⏺agrokimyoviy mahsulotlar va issiqxonalar;
⏺urug’lar va ko’chatlar;
⏺ilg’or texnologiyalar va innovatsiyalar;
⏺qishloq xo’jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlari;
⏺har xil sug’orish tizimlari;
⏺fermer xo’jaliklari uchun avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, qishloq xo’jaligining barcha sohalarida boshqa zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazmada “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etib, tadbir davomida Jamiyat o‘z xizmatlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish, yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid innovatsion loyihalarni taqdim etishni rejalashtirgan.
Koʻrgazmada Oʻzbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa MDH va qoʻshni davlatlarning 100 dan ortiq yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilari ishtirok etib, oʻz mahsulot va xizmatlarini taqdim etadilar.