Koson tumanida plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi tatbiq etilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi “Asli-Najim” fermer xo‘jaligiga qarashli 15 gektar maydonda “Shinjon” agrotexnologiyasi asosida chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda 76х10 sxemasi bo‘yicha qo‘shqator ekish usuli qo‘llanilib, plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi tatbiq etilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy paxta ekish mavsumida Qashqadaryo viloyatida jami 126 ming gektar maydonda paxta yetishtirish belgilangan bo‘lib, shundan 50 ming 400 gektari “Shinjon” agrotexnologiyasi asosida ekiladi. Ushbu maydonning 25 ming 200 gektariga xorijiy navlar, yana shuncha qismiga esa mahalliy navlar ekilishi rejalashtirilgan.
Koson tumanida esa 21 ming gektar maydonga paxta ekish belgilangan. Shundan 14 ming gektarida 76х10 sxema asosida qo‘shqator ekish, plyonka ostida va tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Koson hududining 600 gektarlik maydonida ham ushbu texnologiyalar asosida chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loading

//