Umumiy qiymati 354 milliard 926 million soʻmlik turli xildagi texnika va mexanizmlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berildi.
2025-yil 31-mart holatiga qadar “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan 985 dona umumiy qiymati 354 milliard 926 million soʻmlik turli xildagi texnika va mexanizmlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagrolizing” AJ Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish ishlari samarali davom etmoqda.
-“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasidan 167 dona yaʼni 272 mlrd.soʻmga teng qishloq xoʻjaligi texnikalari olindi.
-“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasidan 118 dona yaʼni 98 mlrd.soʻmga teng qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilindi.
-“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)”loyihasidan 842 dona yaʼni 105,7 mlrd.soʻmga teng qishloq xoʻjaligi texnikalari sotib olindi.
2025-yil 22-may holatiga koʻra, respublika boʻylab 3 437 dona qishloq xoʻjaligi texnikasiga GPS qurilmasi oʻrnatildi.
Batafsil.