Qoraо’zak tumanida g‘alla о’rim-yig‘imi davom etmoqda.

Qoraqalpog’ioston Respublikasining Qoraо’zak tumani fermerlari ham bu yilgi g‘alla о’rim-yig‘im mavsumini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlashga harakat qilmoqda.
Xususan, tumandagi Berdaq ovul fuqarolar yig‘inidagi “Otag‘ulla ota” fermer xо’jaligi tomonidan 20 gektar maydonga mahalliy iqlim sharoitlariga mos bug‘doy navi ekilgan. Kuz-qish agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi natijasida xо’jalik tomonidan gektaridan 55 sentnerdan ortiq hosil yetishtirildi va tuman xirmoniga salmoqli hissa qо’shildi.
Bugungi kunda tumandagi boshqa fermer xо’jaliklarida ham g‘alla о’rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Loading

//