Norin tumanida qishloq xo‘jaligi mavsumi qizg‘in davom etmoqda.

Namangan viloyatining Norin tumanida joylashgan “Iftixor kiyim sanoat” MCHJga qarashli fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning hozirgi rivojlanish holati o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur maydonlarda g‘o‘za o‘sishi 15 shox bosqichiga yetgan. Ayrim nihollarda 4–5 tadan ko‘sak, 10–15 tadan hosil nishonalari shakllangan. Shu munosabat bilan, dalalarda parvarish ishlarini uzluksiz davom ettirish, ayniqsa begona o‘tlar va zararli hasharotlarga qarshi kurash choralari samarali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng “Norinkapa” MMTP, “Vodiy baraka” klasteri, Shamsiddinov nomidagi va “Bo‘ston” MMTP hududlaridagi fermer xo‘jaliklari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
Tegishli mutasaddilar ishtirokida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi, mavsum imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ayniqsa g‘o‘za maydonlarida begona o‘tlar va zararkunandalar tarqalishining oldini olish choralari yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari faol bosqichga kirgan. Mazkur jarayon qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: Norin tumanida 2025-yilgi mavsumda 4701 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. Shuningdek, 4572 gektar yerda g‘alla yetishtirilib, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 19 ta maxsus otryad tashkil etilgan.

Loading

//