Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Aziz yurtdoshlar!
Siz, azizlarni, 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!
Konstitutsiya — fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini, Vatanimizdagi tinchlik va barqarorlikni, jamiyatdagi birlik va hamjihatlikni, shuningdek, demokratik va ochiq davlat qurish yo‘lidagi izchil islohotlarimizning mustahkam asosini belgilab beradi.
Bugun Konstitutsiyamiz nafaqat siyosiy va ijtimoiy hayotimiz, balki iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida ham yangilanish va taraqqiyotning muhim kafolatidir.
Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer va dehqonlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilangan inson manfaatlari va farovonligini ta’minlashga qaratilgan yuksak maqsadlar bilan uyg‘undir.
Milliy mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimiz ramzi bo‘lgan Konstitutsiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!
![]()




