10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Bugun yurtimiz tarixida muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan madhiyamiz xalqimizning g‘ururi, ezgu orzu-intilishlari, Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqati va fidoyiligini o‘zida mujassam etgan eng muqaddas davlat ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyamizning har bir misrasi yosh avlod qalbida Ona Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va birlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Bu bebaho qadriyatlar ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarimiz, agrar soha mutaxassislari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim sana bilan samimiy muborakbod etadi! Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy texnika va innovatsiyalar orqali yurtimizga xizmat qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz bardavom bo‘lsin.
Madhiyamizning 33 yilligi barchamiz uchun muborak bo‘lsin!
![]()




