Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Ko‘rib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda.

Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bug‘doy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.

Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu – fermerlar manfaatdorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi.

Buning uchun g‘allachilikda bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zarur.

Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Barcha masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayapmiz”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Sohada xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Xususan, so‘nggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bo‘lgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi.

Loading

//