Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

“Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–82-son, 08.05.2026-y.) qabul qilindi.

✅ Farmonga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

🔹 paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni:

▪️ shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti;

▪️ hosil yilining yakuniga (31-dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti;

🔹 bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkti;

🔹 paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi.

💰 Farmonga ko‘ra, dizel yoqilg‘isini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida, ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya ajratiladi:

🔸 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-iyulgacha qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilg‘isi qiymatining 13 mln so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda respublika budjeti hisobidan Agentlik orqali subsidiya ajratiladi.

2026-yil 1-sentyabrdan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining xo‘jaliklarga quyidagi subsidiyalarni ajratish vakolati Agentlikka o‘tkaziladi:

➡️qishloq xo‘jaligi subyektlariga o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish;

➡️paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish.

Loading

//