Jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilishi to‘g‘risida axborot

Jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilmoqda.
2022-yilning 1 oktabr holatiga Jamiyatga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 157 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 23 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish portali (business.gov.uz) orqali 2 ta, Jamiyatning elektron pochtasi (info@agroleasing.uz) orqali 6 ta, Jamiyatning ishonch telefoni (+99871 207-30-55) orqali 2 ta, Boshqaruv raisi nomiga yozilgan yozma murojaatlar 124 tani tashkil etadi.
Kelib tushgan murojaatlarning 89 tasi qanoatlantirildi, 68 tasiga tushuntirish berildi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//