Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 14-noyabr kuni o‘z ishini boshlagan yarmarkada “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etmoqda.
Yarmarka ishtirokchilari uchun Jamiyat faoliyatini yoritib beruvchi stendlar o‘rnatilib, mas’ul xodimlar biriktirildi, tadbirkorlardan lizing loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmalar olinmoqda.
Joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadigan yarmarka doirasida umumiy qiymati 700 mlrd. so‘mga yaqin shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//