Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi

Bugun ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud topgan kuni.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi.
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Zahriddin Muhammad Bobur 1494-yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526-yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga asos soladi. Bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgan.
Shoh va shoir Agra shahrida 1530-yil 26-dekabr kuni vafot etgan.
***
Hijron aro necha noma tahrir qilay,
Xoma tili birla hol taqrir qilay.
Xush ulkim, so‘zum sanga desam vositasiz,
Sen andayu men munda — ne tadbir qilay?

Loading

//