«O‘zAgroLizing» aksiyadorlik jamiyatida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, Navro‘z bayrami arafasida «O‘zAgroLizing» aksiyadorlik jamiyatining Ijroiya apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida futbol, stol tennisi, tosh ko‘tarish va 100 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra, shiddatli va murosalarga boy bo‘lgan jarayonlarning futbol hamda tosh ko‘tarish musobaqalarida, «O‘zAgroLizing» aksiyadorlik jamiyatining ijroiya apparati xodimlari birinchi o‘rinni egallashdi. Stol tennisi musobaqasida esa jamiyatning Toshkent viloyati filiali xodimi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 100 metrga yugurish yo‘nalishida sovrin “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ xodimiga nasib qildi.
Musobaqalar davomida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan barcha xodimlarni jamiyat boshqaruv raisi shaxsan tabrikladi va shu kabi sport musobaqalarini muntazam o‘tkazib borish zarurligini taʼkidladi. G‘oliblarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Loading

//