Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi xarid qilgan 1 million 783 ming tonna bug‘doy ehtiyojga qarab oyma-oy birjaga chiqariladi.

Bunda iyul-avgust oylarida birjada shakllangan o‘rtacha narxlardan kelib chiqib, fermerlarga o‘rtadagi ijobiy farq ham to‘lab beriladi.

Misol uchun, avgust oyida 1 tonna g‘allaning birja narxi 3,5 million so‘m bo‘lsa, fermerga yana 500 ming so‘m to‘lab beriladi. Bu maqsadlarga joriy yilda davlatdan 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari:

  • fermerlar ixtiyorida qoladigan bug‘doydan 500 ming tonnasi don korxonalarida vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi va 1-iyuldan boshlab ilk bora fermer va klasterlarning o‘zlari birja savdolariga bozor narxida chiqaradi;
  • 500 ming tonna bug‘doyning don korxonalarida vaqtincha saqlash xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga oladi va bunga 100 milliard so‘m ajratiladi.

Agar fermer va klasterlar tomonidan yetishtirgan ortiqcha g‘allasini sotish istagi bo‘lsa, davlat va xususiy don korxonalariga shartnoma asosida kelishilgan narxlarda sotadi.

Loading

//