“O‘zagrolizing” AJ: navbatdagi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-iyul sanasida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparatida xodimlar uchun “Tinchlik – oliy ne’mat”, “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti uchun xavfli tahdid” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Jamiyat va uning tizim korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur ma’rifiy soat Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bosh ilmiy xodimi Abror Muxtor Aliy tomonidan olib borildi.

Abrorjon domla, tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash hammamiz uchun ham farz ham qarz ekaligini, shuningdek, bugungi kunda korrupsiya balosining ogʻir oqibatlari, ayrim davlatlarda ushbu illat bilan kurashishdagi ko‘rilayotgan keskin choralar, qolaversa, muqaddas islom dinida mazkur ogʻir gunoh qoralanishi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Jamiyat rahbariyati doktor Abror Muxtor Aliyga yuqori saviyada o‘tgan tadbir uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//