KREDIT AXBOROT XIZMATI FAOLIYATI BOʻYICHA SEMINAR OʻTKAZILDI.

Joriy yilning 12-oktabr kuni “CRIF KAX” Kompaniyasi hamda Jamiyat markaziy apparati, hududiy filiallari va tizim korxonalari xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda “CRIF KAX” Kompaniyasi xodimlarii Kompaniya tarixi, CRIF kredit-axborot xizmatlari, uning vazifalari haqida taqdimot materiallari orqali tinglovchilarga batafsil tushuntirish berib oʻtdi.
Shu bilan birga, lizing oluvchilar kredit tarixini oʻrganishda mazkur tizimning afzalliklari haqida maʼlumotlar berildi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//