To‘rtko‘lda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joriy yilgi g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbir davomida kombaynlarning g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, texnika nazorati mas’ullari, mexanizatorlar, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda tizimi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida pishib yetilgan bug‘doy hosilini sifatli yig‘ishtirib olish, o‘rim-yig‘im ishlarini samarali tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kombayn va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining texnik holati batafsil o‘rganilib, agregat va mexanizmlar sozligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, yong‘inning oldini olish choralari hamda texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida tomonidan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy va yuqori unumdor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, kombaynlarni qulay lizing asosida yetkazib berish hamda agrar tarmoqda texnik yangilanishlarni jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Amaliy sinov jarayonida kombaynlar dala sharoitida haydab ko‘rilib, ularning ishonchliligi, texnik quvvati va uzluksiz ishlash imkoniyatlari baholandi. Mutaxassislarning fikricha, bu kabi tadbirlar hosilni talafotsiz yig‘ib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish va texnikalardan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loading

//