Guinness rekordini qayd etgan festivalda “O‘zagrolizing” AJ ham faol qatnashmoqda.

Namanganda o‘tayotgan 65-xalqaro gullar festivali bu yil nafaqat o‘zining ko‘lami, balki yuksak tashkil etilgani bilan ham alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.

Bu yilgi festival avvalgilaridan mutlaqo farq qildi. Eng avvalo, Namangan viloyatidagi 754 ta mahallaning barchasi festival ishtirokchisiga aylanib, har bir ko‘cha va xonadon gullarga burkandi.

Festival doirasida tashkil etilgan gullar avto karvoni Davlatobod, Yangi Namangan tumanlari hamda Namangan shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, minglab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda. “O‘zagrolizing” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda o‘zining bezatilgan texnikalari va faol ishtiroki bilan qatnashmoqda.

Bu yil viloyat bo‘yicha 150 million tup gul ko‘chati ekilib, Namangan “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Guinness rekordini o‘rnatdi.

Ayniqsa, gullar bilan bezatilgan retro avtomobillar va zamonaviy texnikalar festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Loading

//