“ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahridagi yangi Xalqaro turizm markazi hududida yilning asosiy tadbirlaridan biri – “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtdi.
ICTWEEK 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi haftalik turli sammitlar, forumlar va panel muhokamalaridan iborat boy dasturni o‘z ichiga oldi. Unda Meta, Toyota, Huawei, Yandex, ZTE, TEOCO, CLICK, Payme, Astrum, SAP, IDC, KPMG, Express24, Mobiuz, Nokia, UZBEKTELESOM, IT Park, INHA universiteti va boshqa ko‘plab kompaniyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ishlanmalar va yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, “Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish muammolari”, “Aqlli va xavfsiz shaharlar: eng yaxshi amaliyot va yechimlar”, “Ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish uchun platformalar va xizmatlar” mavzularida tadbirlar, “IT Education” forumi hamda IT-direktorlar sammiti bo‘lib o‘tdi.
Haftalikda “O‘zagrolizing” AJ xodimlari ham ishtirok etishdi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati