Endi O‘zbekistonni faqat xaritadan emas, fond birjasidan ham izlashadi.

Endi O‘zbekistonni faqat xaritadan emas, fond birjasidan ham izlashadi

18 may, 2026 yil.
London fond birjasi.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi start nuqtasi.

📌 Ilk bor O‘zbekistonning strategik davlat aktivlari global investorlar e’tiboriga chiqmoqda. Energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, transport va bank tizimidagi yirik kompaniyalarni birlashtirgan UzNIF fondi endi jahon kapital bozori bilan yuzma-yuz.

Eng muhimi – bu safar O‘zbekiston investor qidirmayapti. Investorlarning o‘zi O‘zbekistonga qiziqmoqda.

BlackRock. Franklin Templeton. Redwheel.
Dunyo moliyasining eng yirik nomlari endi O‘zbekiston iqtisodiyotini kuzatuvchi emas, balki uning ishtirokchisiga aylanmoqda.

🟢Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ishtirok etadi.

❗️Bu shunchaki IPO emas.
Bu – O‘zbekiston iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlariga yangi bosqichda kirib borayotganining amaliy ifodasi.

Bugun London fond birjasida nafaqat aksiyalar savdosi boshlanadi. Bugun Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy imiji, ochiqligi va investision ishonchi xalqaro bahoga chiqadi.

Loading

//