QISHLOQ XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISH YURTDOSHLARIMIZGA NIMA BERADI?

Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ekin turlari uchun mos  yer tanlashdan tortib, unga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib, iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Bu esa albatta ushbu jarayonda  shaffoflikni ta’minlash, samaradorlikka erishish, mahsulot sifatini oshirishda, shuningdek, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining  ma’lum bir hududlarda ehtiyojini oshirish yoki tushirish kabi sun’iy to‘siqlarga barham berishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois Vazirlik va uning huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarda 10 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Batafsil: https://www.agro.uz

Loading

//