“O’zagrolizing” AJ haqida nimalarni bilasiz?

1999-yil 30-oktyabrda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati, ilk bor “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi nomi bilan tashkil etilgan.
2016-yil “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi nomi “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilgan.
Jamiyatning asosiy faoliyat turi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga lizing asosida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishdan iborat bo‘lib, respublika qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan texnikalarning 75 foizi “O‘zagrolizing” AJ hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Jamiyatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda hududiy filiallari mavjud bo‘lib, lizing faoliyatini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Bundan tashqari jamiyat tarkibida g‘alla kombaynlari va yuqori unumli traktorlar lizingiga ixtisoslashgan “Uzmashlizing” MChJ, lizingga berilgan texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan “Lizing texnika servis” MChJ, hamda lizing xizmatlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirishga ixtisoslashgan “Lizing axborot texnologiyalari” MChJlar faoliyat olib bormoqda.
Jamiyat tomonidan asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, xususan “Toshkent traktor zavodi”, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”, “Texnolog”, “Urganchkormmash” aksiyadorlik jamiyatlari, “Uz Klaas Agro”, “Uz Keys Mash”, “Agrixim” MChJ qo‘shma korxonalari texnikalarini lizing asosida yetkazib berishda hamkorlik qilib kelmoqda.

Loading

//