Tomchilatib sug‘orish.

Bugungi kunda suvga bo‘lgan talabning ortishi suvdan oqilona va unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbatida, sug‘orishda ilg‘or va tejamkor usullarni joriy etish vazifasini qo‘ymoqda.
Amaliyotda qo‘llashga tavsiya etilayotgan tomchilatib, polietilen plyonka, egiluvchan shlanglar orqali sug‘orish texnologiyalari va ularning afzalliklari katta ahamiyatga ega. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi, sug‘orish ishlarini me’yorida tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur usul tashlama va chuqur filtratsiya suvlari yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, vegetatsiya davrida iqlim sharoiti, tuproqning holatidan kelib chiqib suv berish, turli mineral o‘g‘itlarni suv orqali o‘simlikning ildiziga yuborish, sug‘orish tizimini avtomatlashtirish imkonini beradi. Natijada, dehqonchilikda samaradorlik bir necha barobar ortadi.

Loading

//