Tataristonda “Umumrossiya dala kuni 2023” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Umumrossiya dala kuni” har yili turli mamlakatlardagi soha vakillarini birlashtirmoqda

2004-yilda start olgan “Umumrossiya dala kuni”, bu yil ham barchani Tatariston Respublikasida jamladi. Ochiq osmon, yirik biznes vakillari, turli agrotexnikalarning ko’rgazmasi tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarning qiziqishiga sabab bo’ldi. Shu jumladan, “O’zagrolizing” AJ ning xodimlarini ham.

Ko’rgazma har yili an’anaviy ravishda Rossiya Qishloq xo’jaligi vazirligi homiyligida o’tkaziladi va mamlakatning turli hududlaridan kelgan fermerlarni bir yerda jamlaydi.

Ko‘rgazmadan asosiy maqsad – yangi texnologiyalarning samaradorligini namoyish etish, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy va chet el tadbirkorlari o‘rtasida muloqot uchun shart-sharoit yaratish, sohadagi ilg‘or tajriba va tadqiqot natijalarini almashishdan iboratdir.

Bizning jamoa ham tadbirda ishtirok etib, u yerda qishloq xo‘jaligi texnikalarining zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish vositalari, yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari, ekinlarning zamonaviy navlari, agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi ilg‘or ishlanmalar bilan tanishishdi.

Loading

//