“Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz”.

Bugun “O‘zAgroLizing” AJda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan hamda “Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz” mavzusida siyosiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jamiyatning Markaziy apparati, hududiy filiallari va tizim korxona xodimlari ishtirok etishdi.
Prezidentimiz nutqlaridagi global tashabbuslar, O‘zbekiston-2030 taraqqiyot strategiyasi, Yangi O‘zbekiston shiddati, O‘zbekiston-BMT hamda AQSh va Markaziy Osiyo hamkorligi borasidagi batafsil tushunchalarni berish maqsadida tadbirga yuridik fanlari doktori, professor Baratov Mirodiljon Xomudjonovich taklif qilindi. Taqdimot shaklida qilingan ma’ruzada professor hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash hamda mamlakatlarni jipslashtirish borasidagi fikrlarini aytib o’tdi.

Loading

//