“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Davlat tili qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, Jamiyat hamda tizim korxona xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirni, Jamiyat boshqaruv raisi N.Otajonov ochib berib, davlat tili rivoji uchun qilinayotgan ishlar, ona tilimizni asrash – millat barhayoti uchun naqadar muhimligi va bunda har bir fuqaro mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi haqida gapirib o‘tdi.
O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbirga, “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” bo‘lim boshlig‘i Boboyorov O‘rinboy Mahmudovich hamda “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi” a’zosi, “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti” katta ilmiy xodimi, shoira, falsafa fanlari doktori Ahrorova Shahlo O‘rinboyevnalar taklif qilindi.
Tadbir davomida ular, o‘zbek tilining tarixi, alifbomizni o‘zgarish jarayonlari, bugungi kundagi holati, kelgusida tilimizni rivoji yo‘lida har bir millat vakili qilishi lozim bo‘lgan muqaddas vazifalari, shu bilan birga, ona tilimizni madh etuvchi she’riy satrlari bilan barcha xodimlarni mamnun etdilar.