Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi o‘rganildi.
Mamlakamizda qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, paxta yigʻim-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirishda xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, “Oʻzagarolizing” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi N.Otajonov va bir qator mutaxassislardan iborat ishchi guruh Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlishib, u yerning tajribasi, paxta terish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Safar davomida ishchi guruh “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co. Ltd” kompaniyasining qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, hamkorlik yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida, “Boshiran” kompaniyasining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi katta ekanligi, birinchi navbatda, Oʻzbekistonda servis markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish, ehtiyot qismlar bilan tizimli taʻminlash va mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha aniq rejalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, kompaniya boshqaruv aʻzolari “Oʻzagrolizing” AJ bilan hamkorlikda oʻz mahsulotlarini Oʻzbekiston bozoriga olib kirish va qishloq xoʻjaligi sohasini mexanizatsiyalash orqali hosildorlikni oshirmoqchi ekanligini taʻkidlashdi.