“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida “Zilzila va uning oqibatlari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ularga amal qilish” toʻgʻrisida seminar bo’lib o’tdi.
Seminar davomida, aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan ko’plab ma’lumotlar berib o’tildi.
Shuningdek, aholi va xodimlarni sodir bo‘lishi mumkin zilzilaga tayyorgarligini oshirish maqsadida “Zilzila va uning oqibatlari” to’g’risidagi ma’ruzalar tinglandi. Zilzila paytida insonlar odatda sarosimaga tushib, o‘z tanu-jonlariga zarar yetkazishlari mumkin. Shuning uchun, xodimlarni zilzila paytida to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish, ularni bu borada bilimlarini oshirish zarur o’rin tutadi.