Namangan viloyati hududiy filialida seminar bo’lib o’tdi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyati hududiy filialida “Zilzila va uning oqibatlari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ularga amal qilish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Unda Jamiyatning Namangan viloyati hududiy filiali xodimlari hamda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Namangan viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida, aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan ko’plab ma’lumotlar berib o’tildi.
Shuningdek, aholi va xodimlarni sodir bo‘lishi mumkin bo’lgan zilzilaga tayyorgarligini oshirish maqsadida “Zilzila va uning oqibatlari” to’g’risidagi ma’ruzalar tinglandi.

Loading

//