Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Jamiyatning Markaziy apparati va hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” degan bosh g‘oya asosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvga Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi Bokiyev Jahongir Nurmatjonovich taklif etildi.
Davra suhbati doirasida Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi Bokiyev Jahongir Nurmatjonovich “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – konstitutsiyaviy islohotlarning bosh maqsadi” mavzusida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.