“Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Jamiyatning Markaziy apparati va hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” degan bosh g‘oya asosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvga Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi Bokiyev Jahongir Nurmatjonovich taklif etildi.
Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llash, amalga oshirilgan islohotlar, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarliklarga ham alohida to’xtalib o’tildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yеtkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, shuningdek, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan illat ekanligini taʼkidlashdi.
 
Umuman olganda, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiya hodisasiga so‘zning maʼnosidan kelib chiqib yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki maʼnaviy buzilish holatidir.

Loading

//